ПРЕМИЯ «ЗУЛЬФИЯ»

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-2326-sonli Farmonida barkamol avlodni voyaga etkazish,  ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san’at, ta’lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko’lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini  rag’batlantirish ko’zda tutilgan.

O’tgan qisqa muddatda ya’ni, 12 yil ichida ushbu farmonning amalga oshirilishi  natijasida ko’plab iste’dodli qizlarimiz kashf etildi. Jumladan, o’tgan davr mobaynida 182 nafar xotin-qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Eng quvonarlisi, sovrindorlarimizning 94 nafari (51,6%) tizimdagi o’quvchi-talabalar va o’qituvchilardir.

2012 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o’tkazilgan saralash bosqichlari natijasiga ko’ra, vazirlik tizimidan 787 978 (7-9-sinf) ta o’quvchi-qizlardan birinchi bosqichda 29 289 nafar, ikkinchi tuman (shahar) bosqichida 3251 nafar va viloyat bosqichida 414 nafar, Respublika bosqichida 43 nafar  o’quvchi-qizlar ishtirok etdilar.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o’tadigan tanlovlar samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarida iqtidorli qizlar zahirasini shakllantirish yo’lga qo’yilgan bo’lib, oxirgi uch yil davomida xalq ta’limi tizimida Respublika va Xalqaro miqyosdagi tanlov va musobaqalarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 14-22 yoshdagi 121 nafar iqtidorli qizlarning ma’lumotlar banki shakllantirilib, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasiga taqdim etildi.

Vazirlikning 2012 yil 4 fevraldagi 28-sonli buyrug’i asosida ta’lim muassasalaridagi iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tadbiq etish borasida hududiy Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyalari bilan tizimli hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida “Orasta qizlar” to’garaklari va “Zulfiyaxonim qizlari” klublarining faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularda 1 272 256 nafar o’quvchi-qizlar umummilliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash bo’yicha turkum tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, o’quvchi-qizlar o’rtasida Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim va Zulfiyaxonim ijodiga bag’ishlangan mushoira, she’rxonlik, g’azalxonlik kechalari shular jumlasidandir.

Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanloviga nomzod bo’lgan o’quvchi-qizlar bilan individual ishlayotgan o’qituvchilarni ichki imkoniyatlar hisobidan qo’shimcha rag’batlantirish yo’lga qo’yildi.

2012 yil 2 martda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi xamkorligida “O’quvchi-qizlar o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qo’shma qaror tasdiqlandi va hududiy boshqaruv organlariga ijro uchun yuborildi.

Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zulfiyaxonim qizlari” burchaklari mukofotga oid me’yoriy hujjatlar va sovrindorlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyitilib, monitoring yuritilmoqda. Shu bilan birga, ular bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning aprel-may oylarida o’quvchi-qizlarni oilaviy va mustaqil hayotga tayyorlash, faolligini oshirish, tashabbuskor va faol o’quvchi-qizlarni qo’llab-quvvatlash, o’quvchi-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Orasta qizlar” ko’rik-tanlovi 3 bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat) o’tkazildi.

Iqtidorli o’quvchi-qizlarni qo’llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar  vazirlik tomonidan nazoratga olingan.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

F A R M O N I
1999.10.06
PF-2326-son

“ZULFIYa” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISh BO’YIChA

TAKLIFLARNI QO’LLAB-QUVVATLASh TO’G’RISIDA

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko’rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo’lgan har tomonlama etuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o’rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga etkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g’oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yo’lidagi ibratli faoliyati, keng ko’lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag’batlantirish maqsadida:

  1. O’zbekiston xotin-qizlar Qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me’morlar uyushmalari, “Oltin meros”, “Kamolot”, “Umid”, “Ulug’bek”, “Navro’z” jamg’armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflari ma’qullansin.

batafsil ►►

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

F A R M O N I
2006.02.02
PF-3717-son

“ZULFIYa” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TO’G’RISIDAGI

NIZOMGA O’ZGARTIRISh KIRITISh TO’G’RISIDA

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash tizimini takomillashtirish maqsadida:

O’zbekiston Resublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF 2376 son Farmoni bilan tasdiqlangan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom”ning l-bandi birinchi xat boshidagi “25 yoshgacha bo’lgan” so’zlari  “14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan” so’zlari bilan almashtirilsin.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISh

YO’RIQNOMASI

  1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan, a’lo xulqi, oliyjanob insoniy fazilatlari, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, yorqin iste’dodini namoyish qilishi bilan birga istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, san’at, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida erishgan katta yutuqlari uchun beriladi.

batafsil ►►

“Zulfiya” nomidagi Davlat  mukofoti sovrindorlari to’g’risida 2000-2010 yillar bo’yicha ma’lumot

“Zulfiya” nomidagi Davlat  mukofoti sovrindorlari to’g’risida 2000-2012 yillar bo’yicha monitoring.

Maqola sanasi: