PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE

Xotirani rivojlantirish testi

«O‘qituvchi shaxsini psixologik o‘rganish» testi

Eslatma. Sizga bir necha test savollari taqdim etiladi. Siz savollar bilan tanishib, o‘zingiz ma’qul topgan javoblarni tanlab, ularni javoblar varaqasiga belgilang. Test savollariga xolis javob bering. Bu sizning shaxsiyatingizni xolis baholashga yordam beradi. Testda to‘g‘ri-noto‘g‘ri javoblar mavjud emas. O‘zingiz eng maqbul deb hisoblagan savolni tanlang.

Bu test sizga o‘qitish usulingizni aniqlashga va o‘zingizning asab tizimingiz xususiyatlarini bilishga yordam beradi. Shuni yodda tutingki,berilgan savollar uchun noto‘g‘ri javoblar keltirilmagan. Bunda faqat haqqoniylik va rostlikka tayanish lozim. Savolda ko‘rsatilgan uchta variantdan faqat sizning fikringiz, his-tuyg‘ularingiz, reaksiyangizni aks ettiradiganini tanlang va tegishli katakka biror belgi qo‘ying. Savollarga berilgan javoblarni mustaqil tahlil etganingizdan keyin sizga test natijalari ma’lum bo‘ladi.

Test natijalarini tahlil etish

«Pedagogik vaziyatlar» testi

«Pedagogik vaziyatlar» testi insonning pedagogik qobiliyatlarini aniqlashda juda qo‘l keladi, deb o‘ylaymiz. «Pedagogik vaziyatlar» testi (Manba: R.S. Nemov. Psixologiya. Oliy pedagogik o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik (uch tomlik). 3-kitob. «Eksperimentalnaya pedagogicheskaya psixologiya i psixodiagnostika». – M.: Prosvescheniye: VLADOS, 1995, 512 b.) o‘qituvchining pedagogik qobiliyatini testda keltirilgan pedagogik vaziyatlardan kelib chiqqan holda qanday chora-tadbir qo‘llashiga qarab baholash imkonini beradi. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha tadqiqot-tekshiruv o‘tkazishdan oldin sinaluvchi-o‘qituvchiga quyidagi mazmunda yo‘l-yo‘riqlar beriladi: sizga test tarzida ifodalangan murakkab pedagogik vaziyatlar taqdim etilmoqda. Har bir pedagogik vaziyatning mazmunini chuqur o‘rganganingizdan keyin siz taklif etilgan variantlardan birini, ya’ni ayni vaziyatda to‘g‘ri deb hisoblagan variantingizni belgilaysiz. Agar sizning tanlashingiz uchun keltirilgan o‘sha variantlarning birortasini ham ma’qul topmasangiz, u holda, siz eng oxirida o‘zingiz taklif etgan variantni (vaziyat yechimini) yozib qo‘yishingiz mumkin. Odatda, bu o‘sha pedagogik vaziyat yechimi uchun keltirilgan yettinchi, ya’ni eng keyingi variant hisoblanadi.

«Pedagogik vaziyatlar» testi kaliti

O’zingiz haqingizda testlar                 (KO’CHIRIB OLISH UCHUN MAVZU USTIGA BOSING)

Ahvolingiz yaxshimi? Nizoga moyilmisiz?
Sizning psixologik qiyofangiz Nizoga moyilmisiz-2?
Vaqtdan unumli foydalana olasizmi? Yaxshi tinglovchimisiz?
Sizning ijodiy imkoniyatingiz qanday? Sizning o’z-o’zingizga bergan bahongiz?
Pedagogik qobiliyatingizni baxolang Lider yoki yetaklanuvchimisiz?
Sizning ijodiy yoshingiz nechada? Siz mehribon insonmisiz?
Stress bezovta qilayapdimi? Suxbatdoshlar bilan munosabatingiz?
Asabingiz qanday? Sizning muloqot uslubingiz?
Xotirangiz joyidami? Siz qanday o’qituvchisiz?
Hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz Kuchli xarakter sohibimisiz?
Nizoli vaziyatlardan chiqa olasizmi? Psixologik holatni baholash (Ayzenk testi)
Siz e’tiborlimisiz? Shaxslararo munosabatni baholash
O’naqaymi yoki chapaqaymisiz? Shaxs xususiyatlarini baholash