Maktabda yozgi sog’lomlashtirish maydonchasi

Bugungi kunda o’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning salomatligini mustahkamlash, voyaga etmaganlar orasida salbiy illatlarni tarqalishi, jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish, bolalarning ma’naviy olamini boyitish, ularning iqtidori va iste’dodini rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach,har sohada bo’lgani kabi unib o’sib kelayotgan yosh avlodga,yosh iste’dod egalariga bo’lgan munosabat ham o’zgardi. Iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash,ularning ijodiy salohiyatlarini yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz ma’naviyatini boyitishga yunaltirish,ularga g’amhurlik qilish va ijodiy izlanishlar olib borishlari uchun sharoitlar yaratib berish,keng jamoatchilik hamda pedagoglarning oldida turgan asosiy vazifasidir.
Maktabimizda yoz mavsumi davomida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish yozgi sport sog’lomlashtirish va dam olish ishlarini yuqori saviyada o’tkazish maqsadida har yili “Qaldirg’och”nomli sport sog’lomlashtirish maydonchasi tashkil etiladi va ushbu to’garakda 50 nafar o’quvchi qatnashmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*