Huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida 24-fevral kuni maktabda ota-onalar majlisi o’tkazildi

Huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida 24-fevral kuni maktabda ota-onalar majlisi o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning prafilaktikasi to’g’risidagi”gi qonunni hayotga tadbiq qilish va “Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish” samaradorligini oshirish maqsadida o’tkazilgan profilaktik tadbir o’tkazildi.      Tadbirni maktab raxbari D.N.Abdullayeva va ma’naviyat  va marifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari N.A.Turaevalarning kirish so’zi bilan boshlandi va tadbirga taklif etilgan mutaxassislar va mehmonlar bilan tanishtirildi.

      Yunusobod tumani IIB BEUN va XPG inspektorilari kapitan N.B.Xaliqova, D.Yuldoshev  so’zga  chiqib “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi O’zbekiston  Respublikasi Qonunining maqsadi, ushbu qonunga muvofiq Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatining asosiy vazifalari, voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik  va xuquqbuzarliklarning profilaktikasida ota-ona yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyati, talimni boshqarish organlari va talim muasasalari vakolatlari va boshqa bir qator masalalar atroflicha muhokama etildi.

      Tadbirda “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarlikning profilaktikasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunini 6ta bob 36 moddani o’z ichiga olishi, qonunining 1 moddasiga muvofiq, qonunning maqsadi voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilikatikasiga oid faoliyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratligi, voyaga etmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayriijtimoyi xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga ikon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ekanligi ta’kidlandi..

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*