Bizning faxrimiz

Bir necha yillardan buyon  maktabimiz o`quvchilari “Bilimlar bellashuvi” ning tuman, shaxar bosqichlarida yaxshi natijalarni qo`lga kiritib kelmoqdalarMaktabimizning  8 A sinf o`quvchisi Xasanova E`zoza 2015/2016 o`quv yilida rus tili fanidan “Bilimlar bellashuvi ” da tumanda I-o`rinni, shahar bosqichida esa faxrli III – o`rinni egallagan edi. Bu o`quv yilidagi natijalari yanada quvonarli:  Xasanobva E`zoza tuman bosqichi g`olibi bo`ldi va Tashkent shaxri tumanlaridan qatnashgan 18 nafar o`quvchi orasida o`z bilimi va iqtidori bo`yicha ustunlik qilib I- o`rinni egalladi. Endi bu o`quvchimiz bellashuvning respublika bosqichida ishtirok etadi. U bu yutuqlarga tinmay izlanishlar, qo`shimcha adabiyotlarni o`qishi, ustozi Vasila Nurmuhammedova bilan birga erishmoqda.

SAMSUNG CSC

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*